Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Filialimiz xodimlari qishki poyabzal bilan ta'minlandi. Lekin podstansiya muhandislari bundan mustasno. Nega?!»
  • 07.02.2023
  • 234

Murojaat egasi: J.......v S.....O.....vich, Qashqadaryo viloyati.

Elektron pochta: shburiyev99@gmail.com

Murojaat mazmuni: Men «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida faoliyat yuritaman. Filialimiz xodimlari qishki poyabzal bilan ta'minlandi. Lekin podstansiya muhandislari bundan mustasno. Faqat ta'mirlash brigadalari va elektr montyorlariga berildi. Mening savolim shundan iboratki, quyidagi tartib «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan amalga oshirilmoqdami yoki filial tomonidan? Darvoqe, yurtimizda kechgan anomal sovuq va noqulay ob-havo sharoitida qishki ust-bosh kiyimlardan esa xabar yo‘q. Javob uchun oldindan rahmat. 

Murojaatga javob: Hurmatli ism-sharifini yashirgan holda o‘zini «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimiman, deya tanishtirib, murojaat yo‘llagan fuqaro J.......v S.....O.....vich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan so‘rovingiz “anonim murojaat” deya topilganiga qaramay tegishli tartibda qayd etilib, mas'ul boshqarma va bo‘lim mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va murojaatingizga javob sifatida quyidagi javob matnlarini havola etamiz:

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari:

Joriy yilning 30-yanvar kuni “Qashqadaryo MeT” filiali xodimi (ma'lumotlari yashiringan) deb o‘zini tanishtirgan shaxs tomonidan “O‘zbekiston MET” AJ elektron manziliga yo‘llagan murojaatiga asosan quyidagilarni ma'lum qilamiz: “O‘zbekiston MET” AJ filiali ishchi-xodimlariga qishki poyabzal berish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 16-martdagi 12/B-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Elektr energetika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy me'yorlari” talablariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirilgan. Ma'lumot o‘rnida shuni ma'lum qilamizki, qishki (issiq astarli) maxsus kiyim mutaxassislarga har 3 yilda bir marta tarqatilishi nazarda tutilgan.

 

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» mutaxassislari:

“Qashqadaryo MET” filiali tasarufidagi 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda xizmat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarga 2022-yilda “O‘zbekiston MET” AJning jamoa shartnomasiga asosan ko‘rsatilgan me'yor bo‘yicha 370 komplekt ip-gazlamali kostyum, bosh kiyim va futbolka, 176 juft charm poyabzal tarqatildi. Bundan tashqari, havo liniyasi ishchi-xodimlari uchun 43 dona issiq astarli maxsus kiyim (kurtka) tarqatilgan. Murojaatchi aniq faktlarni bayon qilsa, masala atroflicha o‘rganiladi va tegishli choralar ko‘riladi.

Axborot xizmatidan qo‘shimcha ma'lumot: uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali ism-sharifini yashirgan holda o‘zini «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimiman, deya tanishtirgan fuqaro J.......v S.....O.....vich tomonidan yuborilgan murojaat A–12-raqamli qaydnoma orqali qayd etilib, rahbariyat ko‘rsatmasiga binoan mas'ul boshqarma va bo‘lim mutaxassislariga ijro uchun yo‘naltirilgan va murojaatchiga elektron pochtasi orqali rasmiy xat ko‘rinishidagi javob ham yuboriladi.

Agarda ismini sir tutgan fuqaro (xodim) o‘zini tanishtirib, “Elektr energetika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy me'yorlari” talablariga zid holatlarni aniq faktlar bilan keltirsa, “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan uchun Ishchi guruh tuzilib, masala atroflicha o‘rganilishi, kamchiliklar aniqlansa, bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>