Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Javob bermaydigan bo‘lsangiz, men Prezident Administratsiyasi hamda Bosh prokuraturaga murojaat qilaman!»
  • 10.02.2023
  • 503

Murojaat egasi: Gandjayev Atabek Karimovich, Xorazm viloyati («Karimboy Otabek servis» oilaviy korxonasi nomidan).

Elektron pochta: ganjaevotabek00@gmail.com

Murojaat mazmuni: Urganch shahridagi «Karimboy Otabek servis» oilaviy korxonasi rahbari Djumagaddiyeva Moxira tomonidan 2023-yil 19-yanvar kuni aksiyadorlik jamiyati rahbariyati U.M.Mustafayev nomiga pochta orqali xat yuborilgandi. Murojaatga haligacha javob xati berilmadi. O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil 15-avgustda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasiga asosan 15 kun muddatda javob xati berilishi ko‘rsatilgan. Men pochta murojaat qilganimda, aksiyadorlik jamiyatiga pochta xizmati murojaat xatimni 2023-yil 23-yanvar kuni yetkazib bergan. Hozirgi kungacha javob olinmagan. Javob bermaydigan bo‘lsangiz, men Prezident Administratsiyasi hamda Bosh prokuraturaga murojaat qilaman. Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, belgilangan muddatlarda javob berishingizni so‘rayman...

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Atabek Karimovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

Eslatib o‘tamiz: murojaat mazmunida “aksiyadorlik jamiyati rahbariyati U.M.Mustafayev nomiga pochta orqali xat yuborilgandi” deya qayd etilgan va U.M.Mustafayev «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi hisoblanadi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Ishlarni yuritish boshqarmasi (Devonxonada) murojaatchi «Karimboy Otabek servis» oilaviy korxonasi rahbari Djumagaddiyeva Moxira tomonidan 2023-yil 19-yanvar kuni yuborilgan rasmiy xat qayd etilmagan.

Maʼlumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17577            

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Axborot xizmatidan izoh: Murojaatchi Gandjayev Atabek Karimovich, Xorazm viloyati («Karimboy Otabek servis» oilaviy korxonasi nomidan) muqaddam 2 marotaba “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy  uzbekistonmet.uz veb-saytidagi “Murojaatlar” rukni orqali murojaat qilgan. Murojaatlarga tegishli tartibda javob berilib, mazmuni turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmatiga, shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmatiga yo‘naltirilgan. Maʼlum muddatdan so‘ng “226/22. 229/22-raqamli murojaatim Urganch shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi. Men masʼul xodimlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman!” mazmunida murojaat ham qayd etilgan va “Murojaatlar bilan ishlash” tizimining ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlash maqsadida ushbu murojaatlar mazmuni (boshqa yuzlab murojaatlar qatorida) OAV hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etilgan, shu bilan birga uzbekistonmet.uz veb-saytining “Kelib tushgan murojaatlar” ruknida eʼlon qilingan. Batafsil maʼlumotlar quyidagi havolalar orqali:

28.12.2022 — Murojaatchi: «Elektr korxonasidan qazish bo‘yicha hech kim maslahat so‘ramagan, quruvchiga elektr korxonasi tomonidan uzilgan kabel liniyasi ko‘rsatilmagan — muammoga yechim bormi?!»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3293

06.01.2023 — Murojaatchi: «Murojaatim elektr taʼminoti korxonasi tomonidan ijobiy hal etildi. Men masʼul xodimlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman!»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3304

Telegram kanali sahifalarida: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16733

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>