Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Osiyo ko‘chasi 8-uy — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati manzilimi yoki manzili boshqami?»
  • 13.02.2023
  • 196

Murojaat egasi: Gandjayev Atabek Karimovich, Xorazm viloyati («Karimboy Otabek servis» oilaviy korxonasi nomidan).

Elektron pochta: ganjaevotabek00@gmail.com

Murojaat mazmuni: Urganch shahridagi «Karimboy Otabek servis» oilaviy korxonasi tomonidan pochta orqali xat yuborilgandi. Bunda manzil Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 8-uy deb ko‘rsatilgan. Respublika pochtasidan so‘ralsa, 2023-yil 23-yanvar kuni ko‘rsatilgan manzilga yetkazilganligi taʼkidlandi. Siz tomonidan xat kelmaganligi aytilmoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan manzil «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati manzilimi yoki manzili boshqami? Menga aniq adresni berishingizni сўрайман....

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Atabek Karimovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda so‘ragan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining yuridik va joylashuv manzili Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy ekanini maʼlum qilamiz. Bu haqda uzbekistonmet.uz veb-saytining “Biz bilan bog‘lanish” ruknida (https://www.uzbekistonmet.uz/oz/pages/view/contact_us), «Kompaniya haqida qisqacha maʼlumot» ruknida (https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79), shuningdek, ijtimoiy tarmoq sahifalarida ochiq eʼlon qilingan.

Maʼlumot o‘rnida: Siz murojaatda qayd etgan manzil — Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 8-uy manzili «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ning yuridik va joylashuv manzili bo‘lib, Siz 4 marotaba turdosh tashkilotga taalluqli masalani «O‘zbekiston elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yubormoqdasiz. Bu galgi murojaatingiz ham maʼlumot o‘rnida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

Maʼlumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17590

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>