Qiziqarli xabarlar
Yaponiya qordan elektr energiya ishlab chiqarishni boshlaydi
  • 01.02.2023
  • 150

Yaponiyaning Aomori shahrida qordan elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha sinovlar mart oyigacha davom etadi.

Jarayon qor va atrof-muhit o‘rtasidagi harorat farqi tufayli amalga oshadi. Maktabning yopiq hovuzida qor yig‘ish rejalashtirilgan. Issiqlik almashinuvi quvurlari zaxira idishiga joylashtiriladi va havo sovutiladi. Bu vaqtda tashqaridagi havo quyosh yordamida isiydi.

Bunday jarayon elektr energiyani quyosh energiyasi kabi samarali ishlab chiqarishi mumkin. Asosiysi ishlab chiqarish kam xarajat hisoblanadi.

#buqiziq

Manba: https://t.me/clearenergy/1810

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>