OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Joriy yil 1-oktabrga qadar aholi uchun elektr va gaz tarmoqlariga inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda ulanish nuqtalarini tanlash tizimi yaratiladi
  • 17.02.2023
  • 154

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Azim Sattorov yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish borasidagi Prezident qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ma'lumot berdi:

Joriy yilning 13-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori   qabul   qilindi.

Mazkur qaror yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iste'molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan  nazoratni  kuchaytirish  maqsadida  qabul  qilindi.

 Ushbu qarorda prokuratura organlariga bir qator vazifalar yuklandi.

 Jumladan:

 1. Qaror bilan Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga  oshirishga mas'ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi kiritildi. Bunda,

 Bosh  prokuror  o‘rinbosari:

 O‘zenergoinspeksiya zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni  bajarishga  amaliy  yordam  ko‘rsatadi;

 Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi  va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini muvofiqlashtiradi.

2. Shuningdek, O‘zenergoinspeksiya va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini mazkur qaror bilan belgilangan ustuvor yo‘nalishlar asosida yanada takomillashtirish bo‘yicha

 kompleks chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish mas'uliyati shaxsan energetika vaziri va Bosh prokuror o‘rinbosari zimmasiga  yuklandi.

3. Bundan tashqari, mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan me'yordan oshgan taqdirda, ularga yangi iste'molchilarni ulash qat'iyan   taqiqlandi;

2023-yil 1-martdan boshlab elektr va gazdan foydalanishdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish  va tegishli ma'lumotlarni “E – ma'muriy ish” tizimiga kiritish   tartibi   joriy   etiladi;

O‘zenergoinspeksiya 2023-yil 1-mayga qadar yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularni onlayn rasmiylashtirish uchun barcha xodimlarni maxsus planshetlar bilan ta'minlanadi;

2023-yil 1-oktabrga qadar esa elektr va gaz tarmoqlariga ulanishda ulanish nuqtalari avtomatlashtirilgan tarzda inson omilisiz tanlash  tizimi  yaratiladi;

O‘zenergoinspeksiyaning har oyda Bosh prokuror o‘rinbosari va energetika vaziriga hisobdorligi belgilandi.

4. Bosh prokuratura Oliy sud, Davlat xavfsizlik  xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda....:

elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini o‘g‘rilik  jinoyati  sifatida  belgilash;

O‘zenergoinspeksiyaning elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini   berish;

O‘zenergoinspeksiya tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma va taqdimnomalarni bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab  chiqib   belgilangan   tartibda   kiritishi  ko‘rsatildi.

5. Energetika vazirligi....:

a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste'molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarga elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari (ASKUE, ASKUG)  to‘liq  joriy  etilishini  ta'minlash   yuklatildi.

Bosh prokuratura mazkur tizimlar to‘liq joriy etilishini alohida nazoratga oladi.

6. Energetika vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, yangilangan qoidalarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga   taklif   kiritadi.

7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas'ul va shaxsiy javobgar etib Energetika vaziri hamda Bosh prokuror o‘rinbosari belgilandi.

Manba: https://telegra.ph/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmat

 

>