OAV va jamoatchilik bilan ishlash
IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshiriladi
  • 23.02.2023
  • 188

Buning uchun:

♦  kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT arxitektorlari, operatorlari va muhandislari kerakligi;

♦ hududlarda yuqori tezlikdagi internet va mutaxassislar uchun shart-sharoitlarni kengaytirish lozimligi;

♦ xorijiy IT kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada qulay muhit yaratish zarurligi;

zamonaviy IT kasblarga o‘qitish tizimini yaratish kerakligi;

♦ aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur bo‘lgan kamida 200 ta yangi elektron xizmatlarni ishga tushirish shartligini ko‘rsatib o‘tdi.
〰️〰️〰️〰️〰️

Yig‘ilishda, shuningdek,  raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta'kidlandi.

Masalan, vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan.

Elektr energiyasi iste'molini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimining (EHNAT) 160 dan ortiq funksiyasi bo‘lsada, hozirda faqat 1-2 tasidan foydalanilayapti, xolos. Jumladan, tuman elektr tarmoqlari korxonalari qayerda avariya bo‘lganini faqat aholi murojaati orqali biladi.

Shu kabi masalalar tartibga solinmagani tanqid qilinib, mutasaddilarga EHNAT imkoniyatlarini to‘liq inventarizatsiya qilib, ularni hududlarning elektr balansini shakllantirish, noqonuniy ulanishlar va avariyalarni nazorat qilish, iste'molni rejalashtirish kabi yo‘nalishlarda ishlatish topshirildi.

 

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Маnbа: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/33820

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>