OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Ulug‘bek URUNOV: 2022-yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 66,5 milliard kilovatt soat elektr energiyasi uzatildi
  • 15.03.2023
  • 143

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan matbuot anjumani mazkur tashkilotning 2022-yildagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlandi.

Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunov jamiyat tomonidan 2022-yil boshidan magistral elektr tarmoqlari orqali 66,5 milliard kilovatt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 102 foizga bajarilganini ta’kidladi.  

– 2022-yil yanvar-dekabr oylarida eksport ko‘rsatkichlari 1,4 milliard kilovatt soat miqdorida bajarildi. Jumladan, Afg‘onistonga 71,28 million AQSH dollari hisobida elektr energiyasi eksporti va 30,88 million AQSH dollari miqdorida elektr energiyasining tranzit xizmatlari amalga oshirildi. Shu o‘rinda importning miqdori 5,6 milliard kilovatt soat hajmida bo‘lganini alohida qayd etish lozim. Bundan tashqari, magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra, loyihalar doirasida iqtisod qilingan mablag‘larni inobatga olgan holda, 2022-yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 89,8 million dollar miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirish kutilgan edi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida 2022-yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 112,5 million dollar (reja 125,2 foiz) o‘zlashtirilgan, ya’ni shu qiymatga teng bo‘lgan ish hajmi bajarilgan, – dedi U.Urunov.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Aytish joizki, 2019–2022-yillarda jamiyat tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlariga katta e’tibor qaratildi. O‘tgan yil Modernizatsiya dasturi asosida 9 ta podstansiyadagi kuch transformatorlarini almashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘rnatilgan quvvat miqdori qo‘shimcha 1241 megavolt•amperga oshirilishi bunga yaqqol misoldir.  

Shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida umumiy quvvati 848 MVA bo‘lgan 10 dona kuch transformatori, 66 dona 110–500 kV kuchlanishli o‘chirgich, 14 dona kompressor qurilmasi va 810,23 kilometr uzunlikdagi 110–500 kV havo liniyalarini mukammal ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

– Importni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham rejaga muvofiqdir, – dedi U.Urunov. – Misol uchun, xorijdagi ishlab chiqaruvchi korxonalardan jamiyat ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr uskunalarini hozirda respublikamiz ishlab chiqaruvchi korxonalaridan (kuchlanish oshib ketishidan saqlagich qurilmasi) elektron savdolar asosida xarid qilish natijasida importni qisqartirish hajmi 268,1 ming dollarni tashkil etib, reja 116,6 foizga bajarilgan. Shuningdek, 2022-yilda tizim korxonalarida jami 21 ta yangi ish o‘rni yaratildi.  

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA muxbiri

Manba: https://uza.uz/oz/posts/

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>