OAV va jamoatchilik bilan ishlash
“Quyoshli mahalla” tanlovining bosh sovrindori elektromobil bilan taqdirlanadi
  • 15.03.2023
  • 122

“Quyoshli mahalla” tanlovi g‘oliblarini quyidagi tartibda mukofotlanadi.

▪️ Respublika bo‘yicha bosh sovrin - bazaviy hisoblash mikdorining 1 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi elektromobil;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo‘yicha:

▪️ 1-o‘rin - BHMning 400 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi:

▪️ 2-o‘rin - BHMning 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi;

▪️ 3-o‘rin- BHMning 100 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov 2023-yil 15-martdan 1-iyunga qadar o‘tkaziladi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.


Manba: https://t.me/uzauz/4311

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>