Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati muhandislari va elektr chilangarlari diqqatiga: Axborot xizmati hamda “Ustozlar guruhi” tomonidan e’tiboringizga videodarslar taqdim etiladi!
  • 25.03.2023
  • 367

⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (“Infografika” studiyasi) tomonidan Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi bo‘limi bilan hamkorlikda “VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI” deb nomlangan maxsus o‘quv-axborot kanali tashkil etildi. Undan faqat Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari (muhandislar va elektr chilangarlari) kasbiy mahorat va malaka oshirish uchun elektron platforma sifatida foydalanishlari mumkin.
 
❗️Yangi tashkil etilgan o‘quv-axborot kanali orqali  “Ustozlar guruhi” tomonidan tayyorlangan va Axborot xizmati (“Infografika” studiyasi) tomonidan tasvirga olinib, montaj qilingan videodarslar hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining barcha masʼul boshqarma, bo‘lim va xizmatlari tomonidan tayyorlangan test savollari taqdim (namoyish) etiladi.

❗️ Ushbu o‘quv-axborot platformasida namoyish qilingan mediamahsulotlarni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan ruxsat olmagan holda boshqa axborot resurslarida namoyish qilish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.  
 
‼️Shuningdek, ushbu kanal orqali «O‘zbekiston MET» AJ ishchi-xodimlari kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun tayyorlangan videodarslar hamda test savollari sifat va mazmun jihatidani oliy taʼlim metodikasi yoki boshqa ilmiy-uslubiy talablariga mos kelmasligi mumkin.

Videodarslar hamda test-sinov savollari Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi bo‘limidan tashqari Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi, Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi va Aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan boshqa bosh boshqarmalar hamda ularning tarkibidagi boshqarma, bo‘lim, filial va xizmat mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati  rahbariyati ushbu platformadagi media-mahsulotlar orqali o‘tilgan darslarni yaxshi o‘zlashtirgan hamda test topshiriqlariga to‘g‘ri javob bergan ishchi-xodimlarning kasbiy malakasini kuzatib boradi va erishilgan yuqori ko‘rsatkichlar muhandislarning toifa darajalari hamda elektr chilangarlarining razryad darajasi oshib borishi, shuningdek, rahbar lavozimlariga tayinlashda eʼtiborga olinadi.

Mazkur “VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI” deb nomlangan maxsus o‘quv-axborot kanali “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov tomonidan 2023-yil 27-fevral sanasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining AN–16-sonli bayonida belgilangan vazifalar asosida yaratildi va yuqorida alohida ta’kidlab o‘tilganidek, faqat Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari (muhandislar va elektr chilangarlari) uchun tashkil etilgan kasbiy mahorat va malaka oshirishga mo‘ljallangan elektron platforma hisoblanadi.

⚡️ Aksiyadorlik jamiyati muhandislar va elektr chilangarlari kanalga obuna bo‘lish:
https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>