OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ОАV: Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
  • 28.03.2023
  • 251

O‘zbekiston va Turkmanistonning suv va energetika xavfsizligi xavf ostida bo‘lishi mumkin, chunki ikki davlat chegarasidagi suv ombori 2040-yilga borib to‘liq loyqalanishi mumkin. Tegishli ma’lumot Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) tomonidan e’lon qilindi.

Unda Amudaryo bo‘yida joylashgan strategik transchegaraviy gidroenergetika inshooti — Tuyamo‘yin gidroelektr stansiyasi (GES) haqida so‘z boradi.

“Ushbu inshoot Toshhovuz viloyati (Turkmaniston), Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston (O‘zbekiston) aholisini ichimlik suvi va elektr energiyasi, shuningdek, ikki davlatdagi 1,2 million gektar yerni (Turkmanistonda 425 ming gektar va O‘zbekistonda 779,3 ming gektar) sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi”, 

Loyqalanish gidroenergetika majmuasining elektr energiyasi ishlab chiqarish va Amudaryodan O‘zbekiston, Turkmaniston aholisini ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlovchi suv omborlariga suv yetkazib berish imkoniyatlarini pasaytiradi. 

Maxsus loyiha doirasida suv omborlari cho‘kindilarini tozalash va utilizatsiya qilish bo‘yicha investitsion taklifni tayyorlash rejalashtirilgan. Mutaxassislar suv ombori cho‘kindilari mikroo‘g‘itlar, biogumus, qurilish g‘ishtlarini ishlab chiqarish, sof kobalt qazib olish va boshqa tijoriy maqsadlarda foydali bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Eziz Boyarov, Ashxobod

Manba: https://daryo.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>