OAV va jamoatchilik bilan ishlash
AOKAda AQShlik ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha ekspert Bob Jensen matbuot kotiblari uchun mahorat darslari o‘tkazmoqda
  • 04.04.2023
  • 169

Bugun axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, inqirozli kommunikatsiya, dezinformatsiya va feyk xabarlarga qarshi kurashish, qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish” mavzusidagi uch kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.

Seminar-treningda Melburn universitetidagi Tabiiy ofatlarni boshqarish va jamoat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi a'zosi, ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha tajribali ekspert Bob Jensen ma'ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori A.Xodjayev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, loyiha-dasturlar, yo‘l xaritalarini aholiga sodda va oson tilda yetkazish, davlat organlarining ochiqligi hamda shaffofligini ta'minlashda axborot xizmatlarining ustuvor jihatlarini sanab o‘tib, bunda ularning ham amaliy ham nazariy ko‘nikmalarini takomillashtirish, xalqaro talablarga mos ravishda tajriba oshirishlari uchun Agentlik tomonidan muntazam ravishda tegishli ishlar amalga oshirilayotgani, shu jumladan maxsus seminar-treninglar tashkil etilayotganini ta'kidladi.

Amerikalik ekspert Bob Jensen mahorat darsida inqirozli kommunikatsiyani tashkil qilishning muhim taraflari, unga qarshi muloqot rejasini ishlab chiqish, axborot xizmatlarining bunday vaziyatlarda tezkor munosabat bildirish prinsiplari va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha nutq so‘zladi.

Tadbirda 100dan ziyod matbuot kotibi jalb qilingan bo‘lib, ular trening davomida o‘zlarini qiziqtirgan hamda har bir sohada ahamiyatli bo‘lgan savollarga javob olishdi.

Eslatib o‘tamiz, seminar-trening 6-aprelgacha davom etadi. Trening yakunida qatnashchilarga maxsus sertifikat topshiriladi.

 

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Sayt

Маnbа: https://t.me/aoka_uz/8847

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>