OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Vodiy viloyatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli tarmoqlar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
  • 07.04.2023
  • 121

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” podstansiyasini bog‘lovchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, tarmoqning shikastlangan qismlari yangisiga almashtirilmoqda.

Ta’mirlash ishlari yakuni bilan vodiy viloyatlariga elektr energiyasini yetkazib berish ishonchliligi ortadi.

Ma’lumot uchun: Ushbu ishlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

▶️ @minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7640?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>