OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Qoraqalpog‘istonda 200 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning ikkinchi bosqichi boshlandi
  • 11.04.2023
  • 295

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamoldan elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimi (akkumulator) loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlash bo‘yicha tenderning Takliflar so‘rovi (RFP) bosqichi boshlandi.

Tenderda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi shamol va akkumulatorlarni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurdirish, ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish va shartnoma muddati oxirida stansiyani qoldirib ketish yoki  buzib, yerni asl holiga qaytarishi lozim bo‘ladi.

Stansiya Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida qad rostlaydi.

Tenderning bu bosqichida birinchi bosqichdagi saralashdan o‘tgan kompaniyalar o‘zlarining texnik, tijoriy va tarif takliflarini taqdim etishadi (ishtirokchilar ro‘yxati alifbo tartibida):

1. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (BAA)

2. ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni)

3. Concord New Energy Group Limited (Gonkong)

4. China Datang Overseas Investment Co. Ltd. (Xitoy) va Goldwind International Holdings (HK) Limited (Gonkong) kompaniyalari konsorsiumi

5. EDF Renouvelables S.A. (Fransiya)

6. Eksim Enerji Anonim Şirketi (JSC Eksim Enerji) (Turkiya)

7. ReNew Vyan Shakti Private Limited (Hindiston)

8. Universal Energy Co. Ltd. (Xitoy)

9. Voltalia SA (Fransiya)

Tanlov ishtirokchilari o‘z takliflarini 2023-yil 29-iyul, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha taqdim etishlari so‘raladi. Lekin tanlov davomida ishtirokchilarning murojaatlariga ko‘ra, muddat hammaga uzaytirib berilishi mumkin.
 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2733

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>