Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 28.04.2023
  • 253

⚡️BO‘Sh ISH O‘RNI: Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘limi mutaxassis lavozimi.

TALABLAR:

• Maʼlumoti – oliy;

• Ish tajribasi: Energetika tizimida kamida 5-yillik samarali ish stajiga hamda 110–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;

• Tillarni bilishi: Davlat tili va rus tilini mukammal bilish;

• Alohida talab: “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnika qoidalari”ni, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”ni, O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi 2020-yilda tasdiqlagan shaharsozlik normalari va qoidalarini, energetika sohasidagi boshqa normativ hujjatlarni mukammal bilishi lozim;

• Komputerda Microsoft office (Excel, Word, Power Point) va “Avtokard” dasturida ishlashni bilishi kerak;

• O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida” 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-225-sonli Qonuniga; O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-sonli Qonuniga; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil  26-dekabrdagi 1050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari”ga;  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil  22-iyuldagi 610-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektr energetika tizimiga ulash reglamenti”ga; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 202-yil 31-avgustdagi 555-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti”ga tayanib ish yuritish bilishi lozim.

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

Elektron pochta:

kadr_nes@uzbekistonmet.uz

info@uzbekistonmet.uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>