Yangiliklar
Tojikistonda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi o‘z ishini boshladi
  • 04.05.2023
  • 307

Avval xabar https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/2 berganimizdek, shu kunlarda Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 2023-yil 4-may kuni Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Tadbir Tojikistonning “Barki Tochik” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding kompaniyasi binosida bo‘lib o‘tmoqda.

Ma'lumot o‘rnida: 2023-yilning oktyabr oyidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya va Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi yig‘ilishlarining mezbonlik navbati — O‘zbekistonga, ya'ni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga etadi.

Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi yig‘ilishida “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.P.Urunov, Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi boshlig‘i Z.D.Jo‘raev hamda Elektr energiyasi eksporti va importi bo‘limi boshlig‘i B.T.Karimovlar ishtirok etmoqda.

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>