Yangiliklar
Almati 5–7-iyun: Markaziy Osiyoda energetika sektori uchun kiberxavfsizlik va raqamlashtirishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
  • 07.06.2023
  • 261

Ayni daqiqalarda Qozog‘iston Respublikasining Almati (Olma-Ota) shahrida o‘z ishini 5-iyun kuni boshlagan “Markaziy Osiyoda energetika sektori uchun kiberxavfsizlik va raqamlashtirishni takomillashtirish” nomli o‘quv seminari o‘z ishini yakunlamoqda. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov hamda Axborot va kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

AQSHning Energetika assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarda Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham o‘z taqdimotlar va takliflari bilan ishtirok etib, seminar yakuniga ko‘ra maxsus sertifikat sohibi bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyoda energetika sektori uchun kiberxavfsizlik va raqamlashtirishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv dasturi USAID — AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi hamkorligida amalga oshirildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>