Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat, e’lon! “Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 11.07.2023
  • 226

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati “Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialining Asaka tumanida joylashgan 500 kV kuchlanishli "Lochin" podstansiyasiga quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga suhbat orqali ishga taklif etadi:

1.Podstansiyalarga xizmat ko 'rsatuvchi elektromontyor;

2.Taqsimlash qurilmalarini ta'miri bo'yicha elektrochilangar;
 

3. Elektrogazpayvandchi.

❗️ Ishga kirish yuzasidan murojaat qiladigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagicha:   
 
Podstansiyalarga xizmat ko'rsatuvchi elektromontyor  va taqsimlash qurilmalarini ta'miri bo'yicha elektrochilangar lavozimlariga:                       

500 kV kuchlanishli "Lochin" podstansiyasiga yaqin manzillarda yashovchi, oliy ma'lumotli, yagona elektr energetikasi tizimi korxonalarida  ish tajribasiga ega bo'lgan va ishga ma'suliyat bilan yondashadigan bo'lishi shart;  

Elektrogazpayvandchi lavozimiga:

500 kV kuchlanishli "Lochin" podstansiyasiga yaqin manzillarda  yashovchi, oliy yoki o'rta-maxsus ma'lumotga ega hamda payvandchi mutaxassisligi bo'yicha diplomga ega bo'lishi shart.

✔️ Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari ham nazarda tutilgan).

☎️  Murojaat uchun telefon: +998-74-224-49-91; +99874-228-40-59.

Manzil: Andijon shahri, Gidroelektrstansiya ko‘chasi, 1-uy.

Mo‘ljal: “Akmal-farm” ishlab chiqarish bazasi.

Boshqa e’lonlar:  «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

Onlayn rezyume

Veb-sahifaFacebookInstagram ‖  Youtube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>