OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Hisob palatasi har chorakda o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berib boradi
  • 20.07.2023
  • 109

“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–856, 17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

✅ Jumladan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

➡️ Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Hisob palatasi:

♦ moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;

♦ nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma'lumotlar mustasno;

♦ har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik oldida OAV vakillari ishtirokida hisobot berib boradi.

☑️ Qonun bilan Hisob palatasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishga haqliligi belgilandi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish  ⇒  https://t.me/huquqiyaxborot

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot/14141

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>