Qiziqarli xabarlar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilda atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi
  • 17.07.2023
  • 252

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilda atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Mamlakat bo‘yicha ko‘rsatkichlar 4 %ga kamaygan: 908,7 mingdan 874 ming tonnagacha.

Eng katta pasayish Namangan viloyatida kuzatilgan. U yerda chiqindilar 2021-yildagi 23,9 ming tonnaga nisbatan 71 %ga – 7 ming tonnaga kamaygan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada kamayishi kuzatilgan (33%) – 2021-yildagi 31,4 ming tonnaga nisbatan 21 ming tonna.
        
Shu bilan birga, Jizzax va Andijon viloyatlarida chiqindilar miqdori oshgan.

#Uzbekistan

Manba: https://t.me/clearenergy/2101

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>