OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Diqqat, e'lon!!!
  • 27.07.2023
  • 119

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasida AT-1-220 kV avtotransformator gaz himoyasidan avariyaviy o‘chgani sababli, sozlash-sinash ishlarini olib borish zaruriyati tufayli bugun yarim kechasi, ya'ni 2023 yil 28 iyul sanasi soat 00:00 dan tonggi 06:00 gacha AT-1 transformatorini ta'mirlash ishlari olib boriladi.

⚡️ Iste'mol hajmi kamaygan tungi vaqtdagi ta'mirlash ishlari soatlarida AT-1 transformatorining yuklamasi AT-2 transformatoriga o‘tkaziladi.

✍️ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>