OAV va jamoatchilik bilan ishlash
2023-yil yanvar-iyun oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 35,0 mlrd kVt.soat elektr energiyasi uzatilgan
  • 04.08.2023
  • 86

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda   “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari  ishtirokida  Ulug‘bek O‘runov ma'lum qildi.

O‘sish sur'ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 106,1 foizni tashkil etdi.

2023-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan, umumiy loyiha qiymati 1 346,36 mln dollarga teng bo‘lgan 17 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirish belgilangan.

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha rejaga asosan 2023-yilda 152,56 mln dollar miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

 

 

Batafsil


Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/37207


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>