Kasaba uyushmasi
Kasaba uyushmasi: zararli mehnat sharoitida ishlaydigan xodimlarga sut mahsulotlari tarqatilmoqda
  • 07.08.2023
  • 191

⚡️ «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» hamda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiallarida zararli mehnat sharoitlarida ishlaydigan xodimlarga sut mahsulotlari bepul tarqatilmoqda.

E'tiboringizga taqdim etilgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialidan 11 nafar, «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialidan 19 nafar gazpayvandchi, elektr chilangar hamda akkumulyatorchi mutaxassislarga belgilangan tartibda bepul sut mahulotlari tarqatilayotgani aks etgan.

✍️ Nodira Xidirova, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati

>