Bo'sh ish o'rinlari
“Energo-IT” filiali bosh muhandisi lavozimi: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 04.09.2023
  • 408

Bo‘sh ish o‘rni:

“Energo-IT” filiali bosh muhandisi lavozimi.

TALABLAR:

• Ma'lumoti: Oliy, texnik-muhandis;

• Ish tajribasi: Tegishli elektr energetika tarmoq korxonalarida rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik stajga va xavfsizlik darajasi V guruhiga ega bo‘lishi;

• Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni bilishi lozim.

Qo‘shimcha talablar:

Dispetcherlik texnologik boshqaruv vositalari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi zarur.

Shu jumladan:

• Yuqori chastotali telekommunikatsiya kanallarini va telemexanika kanallarini ikkilamchi zichlantirishini tashkil etish;

• Mis aloqa kabellaridan foydalanish, qo‘llaniladigan zichlantirish tizimlari, kabel parametrlari, o‘lchash usullari;

• Energetika sohasida optik tolali kabellardan foydalanish (OKGT, VOK), VOLS zichlantirish tizimlarini qo‘llanilishi,  VOLSni o‘lchash usullari:

• Amaldagi telemexanika tizimlari va yangi kiritilayotgan telemexanika tizimlarining qurish usullari va energetika ob'ektlaridan uzatilayotgan TM signallarini MDHga taqdim etish. Energotizimda qo‘llaniladigan TM protokollarining turlarini bilish;

• Radiorele va radioaloqalarni tashkil etish usullari;

• Energetika ob'ektlarida dispetcherlik-texnologik va ma'muriy aloqani tashkil etish usullari (raqamli UPATS, EDTS, ADASE, KDNE);

• DTBV ning kafolatlangan elektr ta'minoti tizimlarini mukammal bilishi zarur.

Kompyuter savodxonligi (mukammal): Microsoft office, Excel, dasturlarida ishlashni mukammal bilish lozim.

«Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/25

⇒ Onlayn rezyume: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/appeal/resume

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Elektron pochta:  kadr_nes@uzbekistonmet.uz   info@uzbekistonmet.uz

YARATILGAN SHAROITLAR:

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>