Kasaba uyushmasi
Ichki turizmni rivojlantirish sari qadam: “Zomin” milliy qo‘riqxonasiga sayohat
  • 02.10.2023
  • 152

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “ENERGO-IT” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 30 sentabr — 1 oktabr kunlari Jizzax viloyati, Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi. Zomin tumanini haqli ravishda “O‘zbek Shvetsariyasi” deb atashadi. Mahalliy tabiat o‘zining go‘zalligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Sayohat davomida Filial xodimlari milliy taomlar hamda qozon-non pishirish jarayonida faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, “ENERGO-IT” filiali xodimlari Zomin davlat qo‘riqxonasidagi 700 yoshdagi “Bobo-yong‘oq” daraxtini tomosha qilib, Zomin suv ombori, Sher-buloq, Kanyoon hamda 1000 yillik tog‘ archasi borib ko‘rishga muyassar bo‘lishdi.

Mazkur qo‘riqxona hududidagi viqorli tog‘lar dengiz sathidan 1 ming 700 metrdan 4 ming 29 metrgacha balandlikka ega uch zonani – tog‘larning pastki, o‘rta va yuqori qismlarini o‘z ichiga olarkan. 1 ming 500 dan 2 ming 500 yoshgacha bo‘lgan daraxtldarni o‘z ichiga olgan tabiiy archazorlar energetik-aloqachilarda katta taassurot qoldirdi.

«Ramada Encore by Wyndham»  mehmonxonasi Zomin tumanining shimoliy yonbag‘rida joylashgan tog‘-iqlim kurort zonasi, hududning eng go‘zal go‘shalaridan birida, Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida, dengiz sathidan 2300 metr balandlikda,  milliy qo‘riqxona hududida joylashgan ekan. Bizning xodimlarimiz mana shu mexmonxonada dam olishdi. Bu mehmonxonada katta sport zal, basseyn va restoran mavjud ekan.

“Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>