Yangiliklar
MARKAZIY OSIYO ENERGETIKLARINING NAVBATDAGI KENGASHI SAMARQANDDA BO‘LIB O‘TADI
  • 23.10.2023
  • 195

Maʼlumki, 2023-yil 4–6-may kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Tadbirda Tojikistonning “Barki Tochik” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding kompaniyasi Kengashning mezbonlik navbati rasman O‘zbekistonga o‘tganini bildirgan edi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo elektr energetika tashkilotlarining navbatdagi majlisi 2023-yilning oktabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishini eʼlon qilgandi.

Shu bois,2023-yil 25–26-oktabr kunlari Samarqand shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 42-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 40-yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan va unga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mezbonlik qiladi.

Eʼtiboringizga Markaziy Osiyo energetiklarining o‘tgan safargi yig‘ilishi haqidagi xabarlar havolasini taqdim etamiz:

✔️ Xizmat safari hisoboti: Мувофиқлаштирувчи комиссиянинг 41-yig‘ilishi ҳамда Марказий Осиё Мувофиқлаштирувчи электр энергетика kengashining 39-yig‘ilishi (Tojikiston, Dushanbe, 3–6-may, 2023-yil)

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3900

✔️ Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

https://uza.uz/uz/posts/dushanbe-shahrida-markaziy-osiyo-energetiklari-yigilishi-bolib-otmoqda_479268

✔️ В Таджикистане начал работу Центральноазиатский координационный электроэнергетический совет

https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/3895

✔️ В Душанбе проходит заседание энергетиков Центральной Азии

https://uza.uz/ru/posts/v-dushanbe-proxodit-zasedanie-energetikov-centralnoy-azii_479490

✔️ Dushanbe hosts a meeting of Central Asian power engineers

https://uza.uz/en/posts/dushanbe-hosts-a-meeting-of-central-asian-power-engineers_479714

✔️ Eslatib o‘tamiz, xalqaro tadbirda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston elektr energetika tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi hamda “Energiya” dispetcherlik markazi rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida ishtirok etishadi.

⚡️Tadbir mezboni — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati.

Ishchi tartibdagi yig‘ilishda Markaziy Osiyo mintaqasida 2023/2024-yil kuz-qish mavsumida tayyorgarlik ishlari, bu borada amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularning yechimlari atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida Markaziy Osiyo elektr energetika halqa tizimida elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash uchun zarur amaliyotlar, kaskadli o‘chishlarning oldini olish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr energetika tarmog‘iga ulash va ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama etilishi kutilmoqda.

portal_gov_uz - 25–26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi kengashi boʻlib oʻtadi

minenergy.uz - 25–26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi kengashi boʻlib oʻtadi

oz.sputniknews.uz/ - Samarqandda Markaziy Osiyo energetiklari yig‘iladi — muhokama etiladigan masalalar

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>