Kasaba uyushmasi
«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialida sport musobaqasi o‘tkazildi
  • 01.11.2023
  • 60

Inson salomatligi va mehnat unumdorligini ta'minlashda sportning o‘rni beqiyos, shunday emasmi?

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Inson salomatligi — mehnat unumdorligi” shiori ostida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Tadbir davomida ishchi-xodimlar shashka sport turi bo‘yicha o‘z bilim-mahoratini namoyon etgan holda o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa g‘oliblari Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirlar 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>