Kasaba uyushmasi
Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlarining izchil faoliyati — ishchi-xodimlarning samarali mehnat faoliyati garovi
  • 13.11.2023
  • 152

Avval xabar berganimizdek, «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialining rahbari hamda ishchi-xodimlari O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovining Respublika final bosqichida «Toshkent shahar MET» filiali kasaba uyushma qo‘mitasi faol ishtirok etib, faxrli o‘rinni egalladi.

????  Kasbiy manfaatlar himoyachisi va ijtimoiy imtiyozlar kafolatchisi, Filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilot raisining ish faoliyati yuksak e'tirof etilgani munosabati bilan, Filialning bugungi ishchi tartibdagi yig‘ilishda, Narjemal Xodjamkulievaga hamkasblari tomonidan samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

✍️ «Toshkent shahar MET» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>