Yangiliklar
Andijon viloyati isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida yangi podstansiya ishga tushirildi
  • 14.11.2023
  • 93

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Boʻston va Ulugʻnor tumanlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida uzunligi 14 kilometr boʻlgan 220 kV kuchlanishli yangi elektr uzatish tarmogʻi va yuqori kuchlanishli “Saroy” podstansiyasi qurib bitkazildi.

Bugun, 14-noyabr kuni mazkur podstansiyaning birinchi transformatoriga kuchlanish berildi. Ayni vaqtda podstansiya barqaror ishlamoqda.

Yangi podstansiyaning ishga tushishi natijasida 220 kV kuchlanishli “Xakan” podstansiyasining yuklamasi 100 MVtga yengillashadi. Bu esa, oʻz navbatida, ushbu podstansiyaning barqaror ishlashini taʼminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha Prezidentimizning 2021-yil 12-iyuldagi PQ–5180-sonli qaroriga asosan amalga oshirildi.

Telegram  |  Facebook  |  Instagram  |  YouTube

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/9569

https://t.me/sputnikuzbek/31937

https://t.me/uzbekistanofficial/72891

https://t.me/Uzbekona/31638

https://t.me/vodiybozor/155893

https://yuz.uz/a/uz/90538

https://t.me/hudud_inform/25521

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>