OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Bugun Andijonda yangi podstansiyaning birinchi transformatoriga kuchlanish berildi
  • 14.11.2023
  • 63

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Andijon viloyati iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi podstansiya ishga tushirildi.

Mazkur loyiha Prezidentimizning 2021 yil 12 iyuldagi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan.  

– “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlari iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida uzunligi 14 kilometr bo‘lgan 220 kV kuchlanishli yangi elektr uzatish tarmog‘i va yuqori kuchlanishli “Saroy” podstansiyasi qurib bitkazildi. Bugun, 14 noyabr kuni mazkur podstansiyaning birinchi transformatoriga kuchlanish berildi. Ayni vaqtda podstansiya barqaror ishlamoqda. Yangi podstansiyaning ishga tushishi natijasida 220 kV kuchlanishli “Xakan” podstansiyasining yuklamasi 100 MVtga yengillashadi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu podstansiyaning barqaror ishlashini ta’minlaydi, – dedi jamiyat axborot xizmati rahbari U.Urunov.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Manba: https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>