Yangiliklar
«Xavfsizlik texnikasi kuni» tadbirlari o‘tkazildi
  • 15.11.2023
  • 157

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali direktorining 2023-yil 2-noyabr sanasidagi 175-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiya hamda elektr tarmoqlari ob'ektlarida «Xavfsizlik texnikasi kuni» tadbirlari o‘tkazildi.

Joriy yilda ushbu tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha «Samarqand MET» filiali bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan barcha podstansiyalarda mavjud texnik-muhandislik ko‘nikmalarni takrorlash bo‘yicha xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi qoidalari, xavfsiz ish sharoitini yaratishni nazorat etish, ishchi-xodimlarning malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda.

⚡️ Bundan tashqari, Filial tarkibiga kiruvchi podstansiyalar hamda barcha tarkibiy bo‘linmalarda tadbir davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
 
✍️  “Samarqand MET” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>