Qiziqarli xabarlar
Qalinligi karton qogʻozdek boʻlgan yangi isitish plyonkasi taqdim etildi
  • 13.11.2023
  • 128

Finlyandiya kompaniyasi muhandislari devorga yoki hatto mebelga yopishtirish mumkin boʻlgan karton qogʻozdek qalinlikdagi yangi isitish plyonkasini ishlab chiqdilar. U laminat panelga oʻxshaydi, lekin uning ichida yupqa simlar tarmog'i mavjud bo'lib, u yoqilgandan keyin bir necha daqiqada issiqlik hosil qila boshlaydi.

Halia nomli yangi turdagi qurilma 2024-yilda sotuvga chiqadi. Isitish elementlarining qalinligi millimetrdan kam boʻlganligi sababli, ular deyarli har qanday materialga, shu jumladan matoga joylashtirilishi ham mumkin. Shu sababli ular yuzaga yaqin va katta maydonda joylashganligi uchun xonani deyarli bir zumda isitishi mumkin.

#ixtiro

Manba: https://t.me/clearenergy/2258

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>