Kasaba uyushmasi
XAYRIYA AKSIYASI: «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
  • 22.12.2023
  • 89

Bugun,  22-dekabr — Energetiklar kuni hamda yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayram munosabati bilan «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan, kasaba uyushma qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan, 5 nafar oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Xayriya aksiyasi davomida energetika tizimida ko‘p yillar ishlab, baxtsiz hodisa sababli boquvchisini yo‘qotgan xonadonlarga oziq-ovqat savatlari Yangi yil sovg‘asi sifatida taqdim etildi.

✍️ Filial kasaba uyushma boshlang‘ich tashkiloti

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>