Yangiliklar
2024-yil 1-yanvardan ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha “Tejamkor uy” reyting tizimi ishga tushiriladi
  • 25.12.2023
  • 97

Qonunchilikka ko‘ra, Nukus shahrida:

➖ ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi;

➖ yil yakuniga ko‘ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylar rag‘batlantiriladi;

➖ g‘olib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o‘rnatib beriladi.

⚠️ Shuningdek, mazkur tajriba 2025-yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.

Telegram  |  Facebook  |  Instagram  |  YouTube

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/10091

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>