Yangiliklar
Tog‘li hududlardan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilishi davom ettirilmoqda
  • 26.12.2023
  • 162

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, Qamchiq davonidan o‘tuvchi 220 kV hamda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarining favqulodda o‘chishini oldini olish maqsadida «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo liniyalar xizmati xodimlari tomonidan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.

✍️ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali

Facebook  ‖  Instagram  ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>