Yangiliklar
Favqulodda holatda avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • 27.12.2023
  • 107

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi “Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi  513-sonli qarori hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 6-oktabr sanasida imzolangan 196-sonli buyrug‘i asosida «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 500 kV kuchlanishli «Toshkent» podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda Filialda mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi-xodimlar hamda qo‘riqlash bo‘linma vakillarining favqulodda holatda avariya oqibatlarnini bartaraf etish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. Bundan tashqari, harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linma hamda maxsus guruhlarning shartli dushman bosqiniga qarshi kurash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari tahlil etilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

Facebook  ‖  Instagram   ‖ Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>