Qiziqarli xabarlar
Berlinda quyosh energiyasi bilan quvvatlanuvchi suzuvchi uy taqdim etildi
  • 12.12.2023
  • 74

Pekinda joylashgan Crossboundaries arxitektura studiyasi qayiqni quyosh energiyasi bilan quvvatlanuvchi suzuvchi uyga aylantirdi.

60 kvadrat metrlik uy «Fàng Sōng» deb nomlandi. U kuniga 50 kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin va shu bilan birga, u to‘liq quyosh batareyalari yordamida ishlaydi. Panellar to‘plami mart oyidan noyabr oyigacha qayiqning mustaqil bo‘lishiga imkon beradi.

Bo‘sh joyni tejash uchun qayiq o‘zgaruvchan mebellar bilan jihozlanadi.

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/2310

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>