Yangiliklar
Bosh prokuratura: Jinoiy guruh tomonidan jami 1,1 mlrd. so‘mlik 568,5 tonna gaz kondensati yoqilg‘isi talon-toroj qilinganligi aniqlandi
  • 29.01.2024
  • 90

Joriy yil 25-yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda 5 nafar fuqarolar o‘zaro jinoiy guruh tashkil qilishib, Nishon tumani “Shirinobod” mahallasi hududidan kesib o‘tuvchi “Epsilon Development company” MChJ shaklidagi xorijiy korxonaga tegishli gaz kondensati quvurini teshib, jo‘mrak o‘rnatish orqali qiymati 17,4 mln. so‘mlik 8,9 tonna kondensat yoqilg‘isini o‘g‘irlab chiqqan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoiy guruh tomonidan jami 1,1 mlrd. so‘mlik 568,5 tonna gaz kondensati yoqilg‘isi talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 5 nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!

Energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta'minlanadi.

Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/36231

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>