OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Matbuot kotiblari va OAV vakillari Xitoyda tajriba almashmoqda
  • 01.02.2024
  • 56

Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va energetika sohasini raqamlashtirish borasidagi tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan press-turda energetika tizimi matbuot kotiblari hamda mamlakatimiz qator OAV xodimlari ishtirok etmoqda.

Bugun, 1- fevral kuni press-tur qatnashchilari “China Energy Engineering Corporation” kompaniyasining Pekin shahridagi bosh ofisida bo‘lishib, ushbu xalqaro kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Press-tur chog‘ida ishtirokchilar kompaniyaning elektr stansiyalarini loyihalashtirish, qurish hamda ularga servis xizmati ko‘rsatish singari yo‘nalishlardagi tajribalari bilan tanishdilar.

Issiqlik elektr stansiyalari va gidroelektrostansiya singari an'anaviy elektr stansiyalari bilan bir qatorda, quyosh fotoelektr stansiyasi, shamol fotoelektr stansiyasi va atom elektr stansiyasi singari «yashil» energetika manbalarini qurish hamda saqlab turish borasidagi imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, kompaniyaning yurtimizga investitsiya kiritish borasidagi faoliyati to‘g‘risida ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ma'lumot uchun: mazkur kompaniya yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida umumiy qiymati 2 mlrd 450 mln dollarga teng loyihalarini amalga oshirmoqda.
Kompaniya Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini barpo qilmoqda.
Bundan tashqari, Navoiy viloyatida quvvati 600 MVt bo‘lgan gibrid elektr stansiyasini (quyosh, shamol va elektr energiyasini saqlash tizimi) qurish loyihasini amalga oshirmoqda.
Shu bilan birga, Toshkent, Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatlari hududida 8 ta elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihasi ro‘yobga chiqarilyapti.
 

 

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/41655


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>