Yangiliklar
Tog‘li hududlardan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga eltuvchi yo‘l ochish ishlari amalga oshirilmoqda
  • 09.02.2024
  • 85

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tashkil etilgan navbatchi guruhlar brigadasi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, «Qashqadaryo MET» filiali tomonidan texnik-muhandislik nomi L-507 hamda L-519 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarining tog‘li hududlardan o‘tgan qismida, zarur bo‘lganda ta’mirlash-sozlash ishlarini olinb borish maqsadida, safarbar etiladigan maxsus texnika va mexanizmlar uchun buldozerlar yordamida yo‘l ochish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yuqori kuchlanishli tarmoqlar o‘rnatilgan tog‘ balandliklariga eltuvchi yo‘l ochish ishlari G‘uzor tumanining Pachkamar, Dehqonobod tumanining Gumbuloq, Bibiqorasoch, Oqdahana hamda Torqopchig‘oy qishloqlari hududlarida amalga oshirildi.

✍️ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

https://t.me/minenergy_uz/10491

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>