Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 09.02.2024
  • 86

⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️  Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhiga moliyaviy masalalar bo‘yicha mutaxassisi lavozimi.

❗️TALABLAR:  Moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli, moliya-iqtisod sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi, BHMS, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (MHXS) bilishi, bank, moliya, iqtisod, soliq va bojxona organlari bilan bevosita ishlash tajribalariga ega bo‘lishi, davlat tili, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi zarur.

Lavozim vazifalari: YTTB ning tartib tamoyili asosida loyihalarni moliyaviy masalalarini yuritish; Investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan moliyaviy va iqtisodiy rejalashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

Hafta, oy va yillar bo‘yicha prognoz hisob-kitoblarining to‘g‘riligini nazorat qilish, tarmoq jadvallarini ishlab chiqishda qatnashish, investitsiya va istiqbolli loyihalar bo‘yicha rejalashtirilgan topshiriqlarni kuzatib borish va bajarilishini nazorat qilish; Ta’minotchilar va pudratchilar, buyurtmachilar, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritishni, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash, qurilayotgan loyihalar bo'yicha monitoring olib borish; Aksiyadorlik jamiyati zimmasiga olingan vazifalarni bajarilishini ta½minlash, birlamchi hujjatlarni qabul qilish va nazoratini amalga oshirish va boshqalar; Kompyuter savodxonligi (mukammal): Microsoft Office dasturlari, E-Kontrakt, Didox dasturlarida ishlashni mukammal bilishi lozim.

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

⏺ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

⏺ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>