Qiziqarli xabarlar
Dunyo miqyosida 2023-yili jami 25,9 millionta elektromobildan foydalanilgan boʻlsa, uning salmoqli qismi, yaʼni 14,1 milliontasi Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi
  • 09.02.2024
  • 60

#nou_xau

Dunyo miqyosida 2023-yili jami 25,9 millionta elektromobildan foydalanilgan boʻlsa, uning salmoqli qismi, yaʼni 14,1 milliontasi Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi. Bu umumiy bozorning 55 foizi, demakdir. 2013-yilda ushbu koʻrsatkich atigi 8 foizni tashkil qilardi.

Gibrid avtomobillarni ham qoʻshganda, bugun Xitoyda “yashil yoqilgʻi” bilan harakatlanadigan avtomobillar jami soni 18,3 milliontani tashkil etmoqda.

Xitoy infratuzilmalar taraqqiyoti alyansi bergan maʼlumotga koʻra, 2023-yili mamlakatda 2,7 millionta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari oʻrnatilgan. Joriy yilda yana 3,8 millionta xuddi shu kabi uskunalarni oʻrnatish koʻzda tutilgan.

Aytish kerakki, buning 100 mingtasi har qanday elektrokarni atigi 8 daqiqada elektr toki bilan 100 foiz taʼminlay oladigan, 600 kVt quvvatga ega uskunalardan iborat boʻladi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/10489

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>