Yangiliklar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalligi
  • 15.02.2024
  • 97

♻️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

⚡️Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori:

✔️ 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lganda BHMning 7 barobar (2 mln 310 ming so‘m);

✔️ 1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lganda BHMning 10 barobar (3 mln 300 ming so‘m);

✔️ 1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lganda BHMning 15 barobar (4 mln 950 ming so‘m);

✔️ 2 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 20 barobar (6 mln 600 ming so‘m);

✔️5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar (16 mln 500 ming so‘m, faqatgina yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

▶️ Manba

Axborot xizmati

>