Qiziqarli xabarlar
Shamol, to‘lqinlar va vodorodni birlashtirgan elektr stantsiyasi ochildi
  • 31.01.2024
  • 56

Ispaniyaning Las-Palmas sohilida «Seaworthy» sinov platformasi qurilmoqda. Loyiha 4,3 MVt quvvatga ega shamol turbinasi, 0,8 MVt to‘lqin energiyasini konversiyalash qurilmasi va yashil vodorod ishlab chiqarish va saqlash inshootlarini o‘z ichiga oladi.

Loyihani amalga oshirish uchun 26 million yevrolik grant shartnomasi tuzilgan.

Ushbu hamkorlik yashil energiyaga o‘tishdagi muhim qadam hisoblanadi va ayniqsa qayta tiklanadigan energiyaga erishish qiyin bo‘lgan hududlarda yangi standart bo‘lishi kutilmoqda.

#shamolenergiyasi #vodorod

Manba: https://t.me/clearenergy/2381

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>