Qiziqarli xabarlar
Havoning ifloslanishiga qarshi kurash – sun'iy yomg‘ir yaratish
  • 30.01.2024
  • 40

Pokistonda ilk marta Lahordagi havo sifatini yaxshilash uchun sun'iy yomg‘irdan foydalanildi va bu faqat qisqa vaqt ichida yordam berdi.

Lahor sharqiy Panjob viloyatining poytaxti bo‘lib, dunyodagi eng ifloslangan shaharlardan biri hisoblanadi.

Sun'iy yomg‘ir Lahorning o‘nta tumanida «bulutlar ekish» tizimi ya'ni bulutlarda namlikning kondensatsiyalanish jarayonini tezlashtiradigan va natijada yomg‘ir yog‘ishiga olib keladigan texnologiya yordamida ishlab chiqildi.

Qulay ob-havoni ikki hafta kutish kerak edi. Ekish muvaffaqiyatli amalga oshdi, ammo yog‘ingarchilik kutilgandek bo‘lmadi. Zarralar bilan ifloslanish darajasi 300 mkg/m3'dan 189 mkg/m3'gacha tushdi. Biroq, bir necha kundan keyin ko‘rsatgichlar yana eski holatga qaytib qoldi.

#buqiziq

Manba: https://t.me/clearenergy/2379

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>