Qiziqarli xabarlar
2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
  • 12.02.2024
  • 117

Olimlarning fikricha, 2024-yil rekord darajadagi 2023-yildan ham issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu El Nino ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suvning sirt qatlamining isishi tufayli sodir bo‘ladi.

2023-yilda global harorat sanoatlashish davridan oldingi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,4 daraja yuqori bo‘lgan edi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich oshishi ehtimoli katta. Shunday qilib, bu yil sayyoramizdagi o‘rtacha harorat sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,3-1,6 darajaga oshadi.

#buqiziq

Маnbа: https://t.me/clearenergy/2392

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>