Yangiliklar
«Farg‘ona MET» filiali: 220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 20.02.2024
  • 165

Ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari navbatchi brigadalarining ish faoliyati mamlakatimizning barcha hududlarida 24 soat ish rejimida tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda uning o‘rinbosarlari hududlardagi ish jarayonini bevosita boshqarib, respublika Ishchi guruhi tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Kuchaytirilgan tartibdagi ish rejimi Farg‘ona viloyatida ham davom etmoqda. Misol uchun, joriy yilning 16–17 fevral kunlari 500 kV kuchlanishli va texnik-muhandislik nomi L-524 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘i tayanch ustunlarining ostki qismi mustahkamlanib, tarmoqlarga eltuvchi yo‘llar ochilib, elektr tarmog‘i himoya zonasi ostidagi o‘simlik qoldiqlari tozalab chiqilgan edi.

✔️500 kV kuchlanishli L-525 hamda 220 kV kuchlanishli LSL-1 va LSL-2 elektr tarmoqlari nazorat ko‘rigi

Bugun 500 kV kuchlanishli L-525 liniyasi hamda 220 kV kuchlanishli LSL-1 va LSL-2 liniyalari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali taqsimlovchi tarmoq va podstansiyalarga elektr uzatish jarayonining barqarorligi taʼminishi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida texnik-muhandislik nomlari tilga olingan 500 kV kuchlanishli L-525 liniyasi Andijon viloyatining Asaka tumani, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri, shuningdek, Farg‘ona, Quva, Rishton, Oltiariq, Uchko‘prik va O‘zbekiston tumanlari hududidan o‘tgan. 220 kV kuchlanish LSL-1 va LSL-2 liniyalari esa Andijon viloyati Asaka tumani hamda Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri va Quva tumanlari hududidan o‘tgan. Ushbu yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari bir necha kilometrlik uzunlikka ega bo‘lib, bir qancha ekin maydonlari, qir-adirlik hududlarini kesib o‘tgan.

✔️ Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda nazorat tadbirlari

Farg‘ona viloyatidagi barcha podstansiyalarda mavjud transformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi va tarkibi, himoya tizimining sozligi hamda boshqa texnik-muhandislik ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan. Filialda zarur zaxira materiallari mavjud hamda maxsus texnika va mexanizmlar navbatchi brigadalar ish jarayoniga safarbar etilgan.

Shuningdek, nazorat tadbirlari hamda taʼmirlash-sozlash jarayoni «Farg‘ona MET» filiali tarkibidagi 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston”, 220/110/10 kV kuchlanishli “O‘zgarish”, 220/110/10/6 kV kuchlanishli “Povulg‘on”, 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona”, 220/110/10 kV kuchlanishli “Sokin”, 110/35/6 kV kuchlanishli “2-A” podstansiyalarida amalga oshirilmoqda va har soatda Situatsion tahlil boshqarmasi hamda Tizim xizmatlari bosh boshqarmalariga tegishli tartibda maʼlum qilib borilmoqda.

✍️ Sherzod Kamilov, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

▶️ Batafsil

Facebook  ‖ InstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>