Yangiliklar
Energetika sohasiga raqamli texnologiyalar tatbiq etilish jarayoni haqida ilmiy-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
  • 26.02.2024
  • 128

Bugun, 2024-yil 26-fevral kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan videokonferensaloqa orqali o‘tkaziladigan ishchi tartibdagi yig‘ilish "Raqamli texnologiyalarning energetika sohasiga tatbiq etilishi" mavzusidagi maʼruza bilan boshlandi.

⚡️ Ilmiy-amaliy mashg‘ulotni texnika fanlari nomzodi Iso Sadullayev olib bordi.

Ishchi majlisdan oldin qisqa vaqt davom etgan ilmiy-amaliy mashg‘ulotda mutaxassis to‘liq raqamlashtirilgan va qisman raqamlashtirilgan energetika obyektlarining farqi va ish prinsiplari, bundan tashqari, ayni paytdagi istiqbolli rejalarga muvofiq 2030-yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirilgan energetika obyektlarining ish faoliyatidan kutilayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etdi.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>