OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «Gaz va «svet» tariflarida o‘zgarish kutilyapti»
  • 01.03.2024
  • 136

«O‘zbekiston — 2030» strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga doir davlat Dasturida Energetika vazirligiga neft, gaz va elektr energetika sohalarida tarif islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklangan.

Unga ko‘ra, vazirlik hujjat loyihasini joriy yilning may oyiga qadar ishlab chiqadi va unda:

  • elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning narxlari va tariflarini o‘z tannarxidan kam bo‘lmagan (cost recovery level) miqdorda hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • hisob-kitoblar natijasiga ko‘ra elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning narxlari va tariflarini tasdiqlash;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini belgilashda «ijtimoiy me’yor» tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

Ma’lumot uchun, energetika vazirligi o‘tgan yilning sentyabrida 1 kub metr gazning tannarxi 1 890 so‘m, 1 kVt.soat elektr energiyasi tannarxi esa 970 so‘mga tushayotganini bildirgan edi. 2022-yilning may oyida berilgan xuddi shunday ma’lumotga ko‘ra esa 1 kub metr gazning tannarxi 1400 so‘m, 1 kVt.soat elektr energiyasi tannarxi esa 800 so‘m deb e’lon qilgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, raqamlarning bir yilda bu taxlit oshgani (gaz tannarxi 35 foizga, elektr energiyasi tannarxi esa 21,25 foizga) «tannarxni shishirish» bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Iqtisodchi, o‘z navbatida, 3 yil avval Davlat rahbari energetika sohasining eng katta vazifasi deb tannarxni kamaytirishni belgilaganini, shu jumladan, vazirlikning o‘zi ham tannarxni kamaytirishni «strategik yo‘nalishlardan biri» deb ataganini eslatib o‘tadi.

 Manba: https://xabar.uz/uz/post/ozbekistonliklarni-bu-yil-gaz-va-svet-narxlarida?category=mahalliy

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>