Yangiliklar
Turkiyalik hamkorlar bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 05.03.2024
  • 76

Bugun, 2024-yil 5-mart kuni  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.Isaqulov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi O‘zbekiston energetika sohasida davlat-xususiy sherikligi asosida faoliyat yuritayotgan turkiyalik hamkorlar bilan muhokamalar uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda ishchi tartibdagi masalalar atroflicha muhokama etilib, hamkorlikdagi faoliyat uchun zarur omillar tahlil etildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qarorlariga muvofiq ishga tushirilgan bir nechta davlat-xususiy sherikligi asosidagi loyihalar bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish ishlari bilan ham shug‘ullanadi.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>