Yangiliklar
Xitoylik hamkorlar bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 06.03.2024
  • 112

Bugun, 2024-yil 6-mart kuni  «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.Isaqulov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi Xitoy Xalq Respublikasining «China Energy Engineering Corporation» kompaniyasi vakillari bilan muhokamalar uchrashuvini o‘tkazdi.
 
Uchrashuvda anʼanaviy turdagi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan quyosh va shamol elektr stansiyalari uchun akkumulyatsiya nuqtalari hamda energiya saqlash qurilmalarining yangi ixtirolaridan energetika tizimida samarali foydalanish masalalari, shu bilan birga, ishchi tartibdagi boshqa masalalar atroflicha muhokama etilib, hamkorlikdagi faoliyat uchun zarur omillar tahlil etildi.
 
Eslatib o‘tamiz, elektr energetika sohasiga yangi texnologiyalarni tatbiq etish va raqamli dasturlar orqali samarali faoliyat yuritishni tashkil etish soha vakillariga Hukumat tomonidan qo‘yilgan vazifalardan biri hisoblanadi.

 ‖ FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>